ADSL texnologiyasi bo‘yicha xizmatlar to‘xtatilishi haqida xabar

ADSL texnologiyasi bo‘yicha xizmatlar to‘xtatilishi haqida xabar

Ars Inform MChJ tomonidan EATS-277 hududida ADSL texnologiyasi asosida ko‘rsatilayotgan internet xizmatlari texnik sabablar tufayli to‘xtatildi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun kompaniyamizga murojaat qilishingiz mumkin.

Hurmatli abonentlar!

"Ars Inform" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish jarayonida, mavjud texnologiyalarning texnik holati, xizmat ko‘rsatish sifati va barqarorligi muntazam tahlil qilib borilmoqda.

Shu asosda, EATS-277 telefon stansiyasi hududida ADSL texnologiyasi asosida taqdim etilayotgan internet xizmatlari to‘xtatiladi.

Mazkur qaror ADSL texnologiyasining eskirganligi, jihozlarning ishonchliligi pasaygani, shuningdek xizmat sifati va barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tufayli qabul qilindi.

"Ars Inform" MChJ mazkur hududdagi foydalanuvchilardan uzr so‘raydi va xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha texnik imkoniyatlar yuzaga kelgach, qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy kanallar orqali e’lon qilinishini ma’lum qiladi.