Hurmatli abonentlar!
Ars Inform internet provayderi tomonidan xizmatlar barqarorligini ta’minlash va mavjud texnik imkoniyatlarni kengaytirish doirasida tarif siyosatiga o‘zgartirish kiritilmoqda.
2026-yil 1-apreldan boshlab “Best-15” tarif rejasining oylik abonent to‘lovi 10% ga oshiriladi.
Mazkur yangilanishlar tarmoq yuklamasini optimallashtirish, ulanish sifatini yanada yaxshilash hamda abonentlarimizga uzluksiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan.
Hurmat bilan,
Ars Inform internet provayderi